«Real» yarimhimoyachi Jud Bellinghem bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Angliyalik futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu haqda AS o‘z sahifalarida ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, Bellinghemning shartnoma shartlari yaxshilanadi, bu esa futbolchining jamoa uchun maqomi va ahamiyatiga mos keladi.
Jud Bellinghem 2023-yilning yozida Dortmundning «Borussiya» jamoasidan «Real»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri Angliya milliy jamoasi a’zosi 150 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, yakshanba, 18-oktyabr kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin 18 ochko jamg‘argan Joze Mourinio shogirdlari La Liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.