Live
1
O'zbek

Romano: «Real» Gabriel uchun kurashda «Barselona»ni ortda qoldirmoqda

Futbol
16 oktabr, 05:37
Madrid klubi «Manchester Yunayted»ning 16 yoshli iqtidorli futbolchisi Jey-Jey Gabriel uchun kurashda favorit.
Romano: «Real» Gabriel uchun kurashda «Barselona»ni ortda qoldirmoqda
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» jamoasi 16 yoshli «Manchester Yunayted» futbolchisi Jey-Jey Gabriel uchun kurashda ustunlikka ega, deb xabar bermoqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano.

Sentyabr oyida futbolchi Manchesterni tark etishga qaror qilgan. Ushbu yangilikdan keyin Yevropaning qator top jamoalari futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzata boshlashdi. Jumladan ,«Real» Gabriel vakillari bilan uchrashishga ulgurgan va futbolchi «Manchester Yunayted»ni ushbu muzokaralar haqida xabardor ham qilgan. «Barselona»-ham Gabriel vakillari bilan uchrashgani aytilmoqda. Shuningdek, «Pari Sen-Jermen» va «Bavariya» ham futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar bor.

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, Gabriel faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishga yaqin. O‘z navbatida, futbolchining keyingi manzili Ispaniya chempionati bo‘lish ehtimoli yuqoriroq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar