Bugun
30
O'zbek

Mourinio Vinisius bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi

Futbol
16 oktabr, 02:02
    25
Portugaliyalik murabbiy uni hattoki Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinlarda ham maydonga tushirmaslikka qaror qilgan.
Mourinio Vinisius bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio braziliyalik vinger Vinisius Juniorning eng yaxshi sport formasiga qaytishi uchun maxsus dastur ishlab chiqqan.

The Touchline nashri ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis yulduzning ko‘rsatayotgan o‘yini darajasidan va o‘zini tutishidan hafsalasi pir bo‘lgan. Joze braziliyalikning diskvalifikatsiyasidan unumli foydalanib, vaziyatni o‘nglashga kirishgan.

Mourinio ishga munosabatida sezilarli o‘zgarish ko‘rmaguniga qadar, Vinisiusni hattoki Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinlarda ham maydonga tushirmay turishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, «qaymoqranglilar» kuni kecha safarda, «Roma» bilan bahsda remontada ko‘rsatib, 4:3 hisobida zafar quchdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati, Vinisius Junior 59-daqiqada, jamoa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan vaziyatda zaxiraga olindi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi «Vilyarreal» bilan o‘yinda (1:0) maydondan chetlatildi. Keyinroq uning harakatlari qayta ko‘rib chiqildi va vinger La Liganing 4 o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi.

Yakshanba kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar