Live
1
O'zbek

«Real» o‘tgan yoz ikki nafar mashhur himoyachidan voz kechgan

Futbol
15 oktabr, 23:30
    3
Madrid klubida markaziy himoyachi pozitsiyasiga bir qancha yulduz futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqishgan.
«Real» o‘tgan yoz ikki nafar mashhur himoyachidan voz kechgan
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubida markaziy himoyachi pozitsiyasiga bir qancha yulduzli nomzodlarni ko‘rib chiqishgan.

O‘tgan yoz «qaymoqranglilar» «Manchester Siti»dan Ruben Diashga va Milanning «Inter» klubidan Alessandro Bastoniga qiziqish bildirgan, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Yakunda klub portugaliyalik va italiyalik futbolchilar variantidan voz kechgan – ularning o‘rniga madridliklar «Liverpul»ni tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lgan Ibraima Konateni jamoaga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinio boshchiligidagi «qaymoqranglilar» kuni kecha safarda, Italiyaning Rim shahrida «Roma» bilan bahsda remontada ko‘rsatib, 4:3 hisobida zafar quchdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. La Liga musobaqa jadvalida esa klub 8 turdan keyin 18 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etgan. Yakshanba kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar