Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «Roma» ustidan qozonilgan safardagi 4:3 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. Nemis futbolchisi muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan jamoasining o‘yinidan mamnunligini ta’kidladi.
«Kuchli raqibga qarshi bahsda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Mezbonlar yaxshi o‘ynashdi va xatolarimizdan foydalanishdi. Biroq yakunda vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. “Real” aynan shunday harakat qilishi kerak. G‘alaba to‘pini kiritganimdan xursandman. Bu vaziyatda turli his-tuyg‘ularni boshdan kechirdim. «Roma»— qalbimda abadiy qoladigan klub», — deya Ryudigerning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ryudiger 2015–2017-yillarda «Roma» sharafini himoya qilgan. Shu sababli ushbu klub nemis futbolchisi uchun alohida ahamiyatga ega.