Bugun
53
O'zbek

Mourinio Ispaniya futbol federatsiyasini Vinisiusning diskvalifikatsiyasi uchun tanqid qildi

Futbol
15 oktabr, 04:40
«Real» ustozi braziliyalik hujumchiga to‘rt o‘yinlik jazo haqidagi xabar kech yetkazilganidan norozi bo‘ldi.
Mourinio Ispaniya futbol federatsiyasini Vinisiusning diskvalifikatsiyasi uchun tanqid qildi
Foto: Getty Images
18.10.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Sevilya Sevilya

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio Vinisius Juniorning Ispaniya chempionatidagi to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishiga munosabat bildirdi. Braziliyalik hujumchi La Liga 8-turida «Vilyarreal»ga qarshi bahsda (1:0) raqib futbolchisi Natan-Dilan Salibani sochidan tortgani uchun maydondan chetlatilgan va keyinchalik to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Madrid Xtra Mourinyoning so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi. Portugaliyalik mutaxassis jazo haqidagi xabar futbolchiga «Roma»ga qarshi Chempionlar Ligasi bahsi boshlanishidan bir soat oldin yetkazilganini keskin tanqid qildi.

«Sizningcha, Ispaniya klubi futbolchisiga to‘rt o‘yinlik diskvalifikatsiya haqida bahs boshlanishidan bir soat oldin xabar berilishi normal holatmi? Buni hozir, o‘yin oldidan yoki ertaga ertalab qilish mumkin emas edimi? U bu haqda avtobusda bilishi shartmidi?

Ular vijdonsiz. Endi buni yashirishga ham urinmayapti. Ular bahs boshlanishidan bir soat oldin futbolchini ruhiy jihatdan sindirishga harakat qilishdi. Nima uchun? Bu Ispaniya jamoasi-ku, nega unga zarar yetkazishga urinish kerak?» — dedi Mourinio.

Ma’lumot uchun, Vinisius «Vilyarreal»ga qarshi bahsda maydondan chetlatilganidan so‘ng Ispaniya chempionatining to‘rtta o‘yinida ishtirok eta olmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar