Live
22
O'zbek

Mourinio: «Real» charchadi»

Futbol
17 oktabr, 08:09
Madrid klubi ustozi «Sevilya»ga qarshi bahs oldidan jamoaning holati haqida gapirdi.
Mourinio: «Real» charchadi»
Foto: Gettyimages
18.10.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Sevilya Sevilya

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionati doirasida «Sevilya» bilan o‘yindan oldin jamoaning holati haqida gapirdi.

«Jamoa o‘zini qanday his qilmoqda? Charchagan. Biroq biz bo‘lajak o‘yinga tayyor bo‘lamiz. Bizda variantlar bor va zarurat tug‘ilgan taqdirda o‘zgarishlar qilishimiz mumkin», — deya Mourinio so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.

Ma’lumot uchun, yakshanba, 18 oktyabr kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin 18 ochko jamg‘argan Joze Mourinio shogirdlari La Liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar