Madridning «Real» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Jud Bellinghem jamoa safida 150 ta bahs o‘tkazganiga munosabat bildirdi. Angliyalik futbolchi ushbu natijadan xursand va faxrlanishini ta’kidladi.
«Men juda baxtliman va bundan faxrlanaman. Ushbu klub safida o‘ynash doimo yoqimli. Umid qilamanki, bu yerda yana ko‘p yillar to‘p suraman», — deya Bellinghemning so‘zlarini Madrid Zone keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, Bellinghem 2023-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt ichida 150 ta bahsda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Kutilishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishi mumkin.