«Barselona» «Betis» markaziy himoyachisi Natanni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli braziliyalik futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» sport direktori Deku allaqachon futbolchining agenti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlagan. Transfer qiymati 45 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Natan 2026/27-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta bahsda qatnashib, bitta gol urgan. Uning «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali braziliyalik himoyachining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.