Live
1
O'zbek

«Chelsi» «Borussiya D» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi

Futbol
17 oktabr, 05:20
London klubi 17 yoshli Matis Albertni kelasi yil yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» «Borussiya D» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Matis Albert Londonning «Chelsi» klubi qiziqishlari doirasida qolmoqda. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, ingliz klubi 17 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» Albertni yanvar oyidayoq sotib olishga uringan, biroq Germaniya klubi futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolishga qaror qilgan. Shu sababli transfer kelasi yozda, futbolchi 18 yoshga to‘lganidan keyingina amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Albertning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar