Live
3
O'zbek

Jeyms tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi

Futbol
16 oktabr, 07:32
«Chelsi»ning 26 yoshli himoyachisi qachon safga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda.
Jeyms tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Foto: Gettyimages
17.10.2026, 07:30 Angliya Premer-ligasi Everton Everton - : - Chelsi Chelsi

Londonning «Chelsi» klubi yetakchilaridan biri Ris Jeyms tizzasidagi jarohat sabab kichik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Bu haqda «aristokratlar» matbuot xizmati xabar berdi.

26 yoshli futbolchi jarohatdan keyingi tiklanish jarayonini boshlab yuborishga ulgurgan. Hozircha Ris Jeymsning qachon yashil maydonga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms «Bornmut»ga qarshi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahs (5:1) arafasidagi mashg‘ulotda jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasi yangi mavsumida himoyachi to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta sariq kartochka ishlab oldi.

Ta’kidlab o‘tamiz, olti turda 10 ochko jamg‘argan «Chelsi» musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda londonliklar safarda «Everton» mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 17-oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar