Bugun
30
O'zbek

Ronalduning opasi Krishtianuning milliy jamoaga qaytishi haqida: «Katta ehtimol — yo‘q»

Futbol
16 oktabr, 04:55
    10
Krishtianuning Portugaliya milliy jamoasiga qaytishi ehtimoli tobora kamayib bormoqda.
Ronalduning opasi Krishtianuning milliy jamoaga qaytishi haqida: «Katta ehtimol — yo‘q»
Foto: Gettyimages

Bu haqda uning opasi Elma Aveyru Lissabondagi kitob taqdimotida ma’lum qildi. Qizig‘i, taqdimotda Portugaliya milliy jamoa bosh murabbiyi Jorj Jezush ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bosh murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli milliy jamoa qarorgohini tark etgandi. Keyinroq forvard Osiyo Elit Chempionlar Ligasi doirasida «Neftchi»ga qarshi o‘yindan so‘ng: «Bugungi bahsda muhim g‘alabaga erishdik», deb fikr bildirdi.

«Katta ehtimol yo‘q. Bu holatda ha degan javobdan ko‘ra, yo‘q deyishim to‘g‘riroq, haqiqatga yaqinroq. O‘ylaymanki, bu vaziyatda ularning ikkalasi ham — Krishtianu ham, Jorje Jezush ham o‘zlarini jabrlangan deb his qilishadi. Bu men emas, ular boshidan kechirgan vaziyat, men ukam uchun gapiryapman. O‘ylaymanki, bu to‘xtab qolgan vaziyat, ko‘ramiz nima bilan tugashini».

Hujumchining opasi yarashish ehtimoli haqida ham gapirdi:
«Bilmadim, bu juda qiyin. Bizga xiyonat qilishsa, keyin normal hayotga qaytish juda qiyin».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar