Bugun
53
O'zbek

Ronalduning opasi: «Bu holatni ko‘rish og‘ir»

Futbol
15 oktabr, 01:30
Elma Aveiro Krishtianuning heyterlariga javob qaytardi.
Ronalduning opasi: «Bu holatni ko‘rish og‘ir»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveiro futbolchi atrofidagi mojaro haqida fikr bildirdi.

«Afsusdaman. Chunki portugaliyaliklar, afsuski, avval qanday ishlar qilinganini unutib qo‘yishmoqda va endi hammasi boshqacha bo‘lishi kerak deb o‘ylashmoqda.

Aytadigan gapim yo‘q. Ukamning bu holatlarni boshdan kechirayotganini ko‘rish men uchun juda og‘ir. U bunday munosabatga eng kam loyiq bo‘lgan insonlardan biri», — deya Aveiruning so‘zlarini keltiradi Sic Notícias nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Millatlar Ligasi doirasida Norvegiya milliy jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) maydonga tushmaganidan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etgandi.

Avvalroq Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa 41 yoshli hujumchining noyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoaga qaytishiga umid qilayotganini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar