Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan o‘zaro munosabatlari haqida ochiq gapirdi va ular birgalikda ishtirok etgan taqdirlash marosimlaridagi qiziq bir voqeani esladi.
«Biz 15 yil davomida taqdirlash marosimlarida bir sahnada edik va har doim bir-birimiz bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Unga boshlovchilar va mehmonlarning ingliz tilida nimalar gapirayotganini tarjima qilib berganimni juda yaxshi eslayman. Bu haqiqatan ham juda kulgili edi.
Leo menga doimo katta hurmat bilan munosabatda bo‘lgan. Albatta, u o‘z klubining manfaatlarini himoya qilgan, men esa o‘z klubim sharafini himoya qilganman. U o‘z milliy jamoasi uchun kurashgan, men ham o‘z milliy jamoam uchun. Ammo bu faqat sog‘lom sport raqobati edi. Ishonchim komilki, shu yillar davomida biz bir-birimizni doimo olg‘a intilishga va yanada rivojlanishga undab kelganmiz», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ronaldu: «Messi bilan bir-birimizni olg‘a intilishga va rivojlantirishga undab kelganmiz»
Futbol
12 oktabr, 15:05
Portugaliyalik hujumchi argentinalik forvard bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Foto: Getty Images