Live
6
O'zbek

Kubarsi: «Yamal «Oltin to‘p»ga loyiq. Uning o‘zi aytmasa ham, buni hamma biladi»

Futbol
12 oktabr, 13:49
«Barselona» himoyachisi jamoadoshining sovringa da’vogarligi haqida gapirdi.
Kubarsi: «Yamal «Oltin to‘p»ga loyiq. Uning o‘zi aytmasa ham, buni hamma biladi»
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi jamoadoshi Lamin Yamalning 2026-yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga da’vogar ekani haqida fikrlarini bildirdi.

— Laminning o‘zini «Oltin to‘p»ga loyiq deb hisoblayotgani sizni hayratga soladimi?

— Lamin dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini hamma biladi. Hatto u buni o‘zi aytmagan taqdirda ham, hamma buni yaxshi biladi. Albatta, u «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq.

Jahon chempionatidagi o‘yinim va o‘tkazgan mavsumimni hisobga olsak, men ham ushbu mukofotga da’vogar bo‘lishim mumkin edi. Ammo men ko‘zga tashlanmaslikni afzal ko‘raman, Lamin esa ommaviy axborot vositalarining e’tiborida,
— deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi AS.

Bu mavsumda 19 yoshli Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarda 8 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar