«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning «Oltin to‘p» uchun kurashdagi imkoniyatlarini yuqori baholadi.
«Yamal ushbu mukofotni qo‘lga kiritsa, adolatli bo‘lardi. Chunki u ajoyib mavsum o‘tkazdi, La Liga g‘olibligi va jahon chempionati kabi eng yirik sovrinni yutdi. Qisqasi, Lamin «Oltin to‘p»ga loyiq. Uning o‘zi ham shunday deb hisoblaydi. Bu haqda ochiq gapirayotganiga munosabatim ijobiy. Barchasi qanday yakunlanishini ko‘ramiz. Hozircha hamma narsa qat’iy sir saqlanmoqda. Natijalarni intiqlik bilan kutyapmiz», - deya Laportaning so‘zlaridan keltiradi Barc Universal nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan mavsumda ushbu sovrinni «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.