Live
4
O'zbek

Ronaldu: «Statistika hammasini aytib turibdi»

Futbol
12 oktabr, 07:06
    77
Portugaliyalik 41 yoshli forvard tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini aytdi.
Ronaldu: «Statistika hammasini aytib turibdi»
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining «An Nasr» va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchi ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u faoliyati davomida 1000 ta gol urish maqsadi haqida ham fikr bildirdi.

«Mening hozirgi formam va urayotgan gollarim, afsuski, munosib baholanmayapti. Hammasi tabiiy ravishda sodir boʻlishi kerak. Agar hisobimda allaqachon 925 yoki 930 ta gol boʻlsa, bu tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanimni aytish uchun yetarli. Bu borada ortiqcha gapga hojat yoʻq. Statistika hammasini aytib turibdi.

1000 ta gollik marraga yetishish aql bovar qilmas natija boʻlardi. Ammo men uzoq kelajak uchun katta rejalar tuzmayapman», — dedi Ronaldu CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Ronalduning hisobida hozircha 980 ta gol bor. Futbolchi 1000lik dovon tomon harakatini davom ettirmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

77 izoh +12 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar