«Leypsig» klubi hujumchi Kristofer Nkunkuni «Milan»dan to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «buqalar» bu mavsum tugaganidan keyin «rossoneri»ga tegishli fransiyalik hujumchini to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolchining ehtimoliy transferi 28 million yevroga baholanmoqda. Nkunkuning «Leypsig» bilan amaldagi ijara shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
Bu mavsumda u Bundesliga doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. «Leypsig» esa 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq Yulian Nagelsmann «Leypsig»ga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.