Live
10
O'zbek

Bundesliga. «Leypsig» «Ayntraxt» darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi, Nkunkudan het-trik

Futbol
10 oktabr, 15:48
    1
Bu g‘alabadan so‘ng «buqalar» 5-o‘ringa ko‘tarildi.
Bundesliga. «Leypsig» «Ayntraxt» darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi, Nkunkudan het-trik
Фото: Getty Images
10.10.2026 FT Bundesliga Germaniya Leypsig Leypsig 6 : 0 Ayntraxt Ayntraxt

Germaniya chempionatining 5-turida «Leypsig» o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buqalar» safida Kristofer Nkunku het-trikka erishdi. Banzuzi, Nusa va Gomis esa bittadan golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Leypsig» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Ayntraxt» esa 5 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

Bundesliga. 5-tur
Leypsig – Ayntraxt 6:0
Gollar
: Banzuzi 1, Nkunku 5, 41, 44, Nusa 54, Gomis 89
Leypsig – Vandervordt, Lyukeba, Baku (Benjamin, 58), Orban, Raum, El Aynaui, Maksimovich, Romulo, Banzuzi (Rayts, 73), Nkunku (Finkgrefe, 64), Nusa (Gomis, 64)
Ayntraxt – Atubolu, Kokh (Baum, 46), Kollinz, Brasse, Kosugi (Ebnutalib, 46), Onedika, Noel (Shaibi, 73), Knauff, Doan, Uzun, Burkardt.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Ayntraxt Ayntraxt
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar