Live
4
O'zbek

Diomande yoshi haqidagi mish-mishlar tarqatayotganlarni ogohlantirdi

Futbol
27 noyabr, 13:50
«Real» yarimhimoyachisi o‘zining haqiqiy yoshini yashirayotgani haqidagi taxminlarga munosabat bildirdi.
Diomande yoshi haqidagi mish-mishlar tarqatayotganlarni ogohlantirdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Diomande internetda uning yoshi 20 dan katta ekani haqida yozayotganlarga murojaat qildi. Avvalroq ayrim foydalanuvchilar ivuarlik futbolchi haqiqiy yoshini yashirayotgani haqida taxminlar bildirgandi.

«Unutmang: so‘zlarning oqibati bor va virtual dunyo javobgarlikdan himoya qilmaydi. Ushbu dekabrda ko‘pchilik hech narsa jazosiz qolmasligini va har kim o‘z qilmishi uchun javob berishi kerakligini anglab yetadi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Goal.

Ma'lumot uchun, Diomande 2026/27 yilgi mavsumda 18 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar