Live
5
O'zbek

«Vinisius jamoadoshlarini va «Real»ni juda yaxshi ko‘radi» — Mourinio

Futbol
27 noyabr, 10:45
Madrid klubi ustozi braziliyalik hujumchining jamoadagi o‘rni va atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Vinisius jamoadoshlarini va «Real»ni juda yaxshi ko‘radi» — Mourinio
Foto: Getty Images
28.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Deportivo Alaves Deportivo Alaves

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Vinisius Juniorning o‘yini va jamoadoshlari bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

«O‘tgan haftada Vinisius ketishi kerakligi aytildi, keyin u Diomande bilan birga o‘ynay olmasligi haqida gapirishdi. Endi esa uning ketishi shart emasligi va ular birga o‘ynashi kerakligi aytilmoqda. Keyin Arda ortiqcha futbolchiga aylandi, uning muxlislari esa maydonga tushishi kerakligini ta’kidlamoqda. Hammasi ko‘ringanidek oddiy emas.

Vinisius o‘z o‘yinini yaxshiladi va bu tabiiy. Eng qiyini — qanday o‘ynashingdan qat’i nazar, jamoa mehrini qozonish. Sizlar va muxlislar uni keskin tanqid qilgan paytda ham aynan shu narsa Vinisiusga dalda bo‘ldi. U jamoadoshlarini va «Real»ni juda yaxshi ko‘radi. U jamoaga yordam berishni istaydi va hozir uning foydasi tegadigan darajaga yetdi», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 28 noyabr kuni La Liga 14-turi doirasida «Alaves»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar