«Deportivo» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang jamoa mashg‘ulotiga ketayotib yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
37 yoshli futbolchi ishtirokidagi avariya payshanba kuni ertalab AP-9 avtomagistralida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Obameyang klub bazasiga yetib borib, jamoadoshlari bilan birgalikda mashg‘ulotda qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, gabonlik hujumchi o‘tgan yozda «Deportivo» safiga qo‘shilib, ikki yillik shartnoma imzolagandi. U Ispaniya klubi safida barcha musobaqalarda 10 ta bahsda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.