Live
6
O'zbek

«PSJ» darvozaboni klubni tark etishga qaror qildi

Futbol
26 noyabr, 09:15
Luka Shevalye qishki transfer oynasidayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
«PSJ» darvozaboni klubni tark etishga qaror qildi
Foto: Getty Images

«PSJ» darvozaboni Luka Shevalye Parij klubini tark etishga tayyor. Bu haqda L'Équipe jurnalisti Loik Tanzi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik darvozabon yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli qishki transfer oynasida jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Biroq «PSJ» rahbariyati uning o‘rniga munosib darvozabon topilgan taqdirdagina futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.

Shevalye so‘nggi bor 23 yanvar kuni rasmiy bahsda maydonga tushgan. O‘shanda Luis Enrike boshqaruvidagi parijliklar «Oser»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Shundan buyon darvozabon klub safida biror daqiqa ham o‘ynamagan.

Ma’lumot uchun, Luka Shevalye 2025 yilning yozida «PSJ» safiga qo‘shilgan. U parijliklar safida jami 26 ta bahsda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar