Live
4
O'zbek

Enrike: «Roma» — bu mavsumdagi eng kuchli raqibimiz

Futbol
25 noyabr, 23:15
    36
«PSJ» bosh murabbiyi «Roma»ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Enrike: «Roma» — bu mavsumdagi eng kuchli raqibimiz
Foto: Paris Saint-Germain
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 2 Roma Roma

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida Italiyaning «Roma» jamoasiga qarshi kechgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis rimliklarning o‘yiniga yuqori baho berib, raqib butun uchrashuv davomida parijliklarga jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirganini ta’kidladi.

«Uchrashuv juda og‘ir kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq shunday bo‘lishini kutgandik. Raqib esa 90 daqiqa davomida shunday futbol namoyish eta oldi. Ular muntazam ravishda pressing uyushtirishdi va hatto bir ochkodan ko‘prog‘iga loyiq edilar.

O‘z jamoamning o‘yinidan ham juda mamnunman. Biroq tan olishim kerakki, «Roma» bu mavsumda biz to‘qnash kelgan jamoalar orasida eng kuchlisi edi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu natijadan so‘ng parijliklar 13 ochko to‘plagan holda musobaqa turnir jadvalida 2-o‘ringa tushdi. Rim klubi esa 5 ochko bilan 25-pog‘onadan joy oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

36 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar