Live
4
O'zbek

«MYU» so‘nggi 13 ta o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozondi

Futbol
26 noyabr, 02:15
    6
Klub noyabr oyi boshida YeChL doirasida «Roma»ni mag‘lub etgandi.
«MYU» so‘nggi 13 ta o‘yinda atigi bir marta g‘alaba qozondi
Foto: Manchester United
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Sporting CP Sporting CP 2 : 2 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettino qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ochko yo‘qotdi.

Manchesterliklar Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Sporting»ga qarshi bahsda 2:2 hisobida durang o‘ynadi. O‘tgan dam olish kunlari esa jamoa APL doirasida «Liverpul»ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Qayd etish lozim, «qizil iblislar» barcha musobaqalar doirasida o‘tkazgan so‘nggi 13 ta uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozongan. Klub noyabr oyi boshida Rimning «Roma» klubini 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Shuningdek, manchesterliklar 13-sentabrdan buyon o‘tkazgan uchrashuvlarining 7 tasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, yana 5 tasida durang natija qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvini 28-noyabr kuni APL doirasida «Brentford»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar