Bugun, 25 noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida Portugaliyaning «Sporting» klubi Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasini qabul qiladi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 1:00 da boshlanadi. Bellashuvni O‘zbekiston hududida «Setanta Sports» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, umumiy bosqichning 6-turida «Sporting» 8 dekabr kuni safarda «Roma» bilan, «MYU» esa o‘z maydonida «Leypsig» bilan bahs olib boradi.