Live
1
O'zbek

Pochettino: «Vaziyatni o‘zgartira olamiz»

Futbol
24 noyabr, 17:32
Argentinalik mutaxassis jamoadagi vaziyat haqida gapirdi.
Pochettino: «Vaziyatni o‘zgartira olamiz»
Фото: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Sporting CP Sporting CP - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa inqirozdan chiqib ketishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis yaqinda iste’foga chiqarilgan Maykl Kerrikning o‘rnini egallagan edi. Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk uchrashuvda «qizil iblislar» «Liverpul»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Biz zaif jamoa emasmiz. Tarkibimiz kuchli va o‘tgan mavsumda Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egallagan. Ba’zan futbolda turli sabablarga ko‘ra voqealar shu tarzda rivojlanadi. Hozirda biz birgalikda jamoaga yetishmayotgan jihatlarni aniqlashimiz kerak va ayni paytda shu yo‘nalishda ish olib boryapmiz. O‘ylashimcha, vaziyatni o‘zgartira olamiz», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Utdreport.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APLda 11 turdan keyin 19-o‘rinni egallab turibdi. Chorshanba kuni mankunianliklar Chempionlar ligasi doirasida Lissabonda «Sporting»ga qarshi bahs olib borishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar