«Roma» hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Italiyada yakunlashni xohlayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, yozda argentinalik futbolchi «Roma» bilan 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi.
«Faoliyatim aynan shunday kechishini va Italiyada 15 yil yashashimni hech qachon tasavvur qilmaganman. Mamlakatning janubida ham, shimolida ham yashadim, hozir esa markaziy qismida istiqomat qilyapman. Hayotimning deyarli yarmini shu yerda o‘tkazdim va o‘zimni juda baxtli his qilyapman. Italiya meni ochiq chehra bilan kutib oldi. Qizim shu yerda tug‘ilgan, shuning uchun u italiyalik. Ha, faoliyatim oxirigacha Italiyada qolishni umid qilaman», — deya Dibalaning so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 2022-yilda «Roma»ga o‘tishidan oldin «Palermo» va «Yuventus» klublarida to‘p tepgan.