«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida «Roma»ga qarshi kechadigan bahs oldidan rimliklar ustozi Jan Pyero Gasperinining ishiga yuqori baho berdi.
«U juda tajribali murabbiy va menga juda yoqadi. Uning jamoalarida o‘ziga xos qiyofa va boshqalarnikidan keskin farq qiladigan aniq o‘yin uslubi bor. Men Rimda ishlagan paytimda u «Inter»ni boshqarardi, biroq bu faoliyati muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shunga qaramay, u o‘z saviyasini isbotladi. Bu juda yuqori darajadagi murabbiy. Murabbiy sifatida Gasperini jamoalariga qarshi bahslar men uchun qo‘shimcha motivatsiya beradi. Bu qiziqarli sinov bo‘ladi», — dedi Luis Enrike.
Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Roma» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur bahsi 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.