Live
10
O'zbek

Abbos Fayzullayev qachon safga qaytishi ma’lum

Futbol
24 noyabr, 11:18
Bu borada Nuri Shahin ma’lumot berdi.
Abbos Fayzullayev qachon safga qaytishi ma’lum
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Bashakshehir» yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda olgan jarohati sababli 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Istanbul klubi bosh murabbiyi Nuri Shahin ma’lum qildi.

«Abbos, afsuski, operatsiya qilinadi va 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Emin 6–8 oy, Hamza 6–8 hafta jamoadan tashqarida bo‘ladi. Kris Operi operatsiya qilindi va 4 oy maydonga tusha olmaydi. Yusuf ham operatsiya qilindi, uning tiklanishi uchun 2–3 hafta kerak bo‘ladi. Ba haqida ham hozircha aniq muddat ayta olmaymiz», - deydi Shahin matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Doha shahrida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. O‘yinning 53-daqiqasida raqib futbolchisining qo‘pol harakatidan so‘ng Fayzullayev jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

Avvalroq O‘FA matbuot xizmati futbolchining o‘ng oyoq to‘piq qismi shikastlangani haqida xabar bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
Bugungi yangiliklar