Live
1
O'zbek

Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» superkambek evaziga g‘alaba qozondi

Futbol
23 noyabr, 13:58
    12
Eldorning gollari soni 9 taga yetdi.
Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» superkambek evaziga g‘alaba qozondi
Фото: Getty Images
23.11.2026 FT Turkiya Superligasi Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar 4 : 2 Corum FK Corum FK

Turkiya chempionatining 12-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Chorum» bilan to‘qnash keldi. Mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda istanbulliklar g‘alabani ilib ketdi. Eldor Shomurodov ushbu bahsda Superligadagi 9-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng «Bashakshehir» 20 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Chorum» esa 16 ochko to‘plab, 11-pog‘onada.

Turkiya Superligasi. 12-tur
Bashakshehir — Chorum 4:2
Gollar:
Shomurodov 78, Yildirim 82, 86, 90+1 – Ramires 29, Mahmich 68.
Bashakshehir — Muhammad, Karbovnik, Opoku, Emin, Saba (Bulut, 46), Kaluzinski, Olsen, Kemen, Brnich, Zelke (Yildirim, 69), SHOMURODOV.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Corum FK Corum FK
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar