Toshkentning «Paxtakor» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida «Al Ittihod» mehmoni boʻldi. Jidda shahrida kechgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Shanqiti va Ilenihena gollarga mualliflik qildi.
Bu natijadan soʻng «Al Ittihod» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 8-oʻringa koʻtarildi. «Paxtakor» esa 2 ochko bilan 15-pogʻonada.
Elit OChL. 5-tur
Al Ittihod – Paxtakor 2:0
Gollar: Shanqiti 7, Ilekxena 47.
Al Ittihod: Raykovich, Danilo, Saad Musa, Muxtor Ali, Auar (Veynaldum, 73), Shanqiti (Al Julaydan, 80), Sahafi (Al Gʻamdi, 80), Faris Abdi, Lopi, Bergveyn (Shehri, 84), Ilenihena.
Paxtakor: Vladimir Nazarov, Karimov, Dilshodbekov (Chinedu, 31), Muhammadrasul Abdumajidov, Zayid Tahsin, Sherzod Nasrullayev (Ermanov, 73), Abdurauf Boʻriyev, Akmal Mozgovoy (Saydaliyev, 73), Flamarion, Oybek Bozorov (Ibrohimov, 73), Dostonbek Hamdamov (Saitov, 73).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi