YChL doirasidagi «Galatasaroy» va «Aston Villa» bellashuvi oldidan noodatiy holat kuzatildi.
Daily Mail nashri xabar berishicha, bahs bo‘lib o‘tadigan «RAMS Park» stadionidan taxminan 16 kilometr uzoqlikdagi o‘rmonzorda yovvoyi sher yurgani aniqlangan.
Sher Istanbulning Sarier tumanidagi Zekeriyakoy mavzesida joylashgan politsiya bo‘limining kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Hozirda 70 ga yaqin politsiya va favqulodda vaziyatlar xodimlari 7 ta dron yordamida sherni qidirmoqda. Istanbul gubernatorligi hayvon joylashgan hudud aniqlangani va uni tiriklayin tutish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Mahalliy aholidan esa ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan.
Avvalroq Turkiya matbuotida o‘yin boshqa muddatda o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq yakuniy qarorga hamon kelingani yo‘q. O‘yin 24-noyabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start olishi rejalashtirilgan.