Live
5
O'zbek

Elit OChL. «Neftchi» «Al Hilol» bilan bahsda kambek qilib, jangovar durang qayd etdi

Futbol
23 noyabr, 10:38
    110
Islom Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 5 taga yetkazib, onlayn jadvalda 9-o‘ringa ko‘tarildi.
Elit OChL. «Neftchi» «Al Hilol» bilan bahsda kambek qilib, jangovar durang qayd etdi
Фото: Нефтчи ПФК

OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasining 5-turida «Neftchi» o‘z maydonida «Al Hilol»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi.

Birinchi bo‘limda Uotkins va Martinelli gollarga mualliflik qildi. Tanaffusdan so‘ng Abror Ismoilov hisobdagi farqni qisqartirdi. Keyinchalik Akchichek avtogol muallifiga aylandi.

Bu natijadan so‘ng Islom Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 5 taga yetkazib, 9-o‘rinda bormoqda. Riyod klubi esa 10 ochko bilan 2-pog‘onada.

Elit OChL. 5-tur
Neftchi — Al Hilol 2:2
Gollar:
Abror Ismoilov 49, Akchichek 70 avtogol — Ollie Uotkins 21, Gabriel Martinelli 28.
23-noyabr, Farg‘ona, «Istiqlol»
Neftchi — Botirali Ergashev, Farrux Sayfiyev, Michel Augusto, Anvar G‘ofurov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Ikrom Aliboyev, Yan Sasse (Koauao, 67), Jamshid Iskanderov (Vladimir Yovovich, 67), Abror Ismoilov (Ratinio, 67), Alisher Odilov (Xurshid G‘iyosov, 81), Markus Forss (Zoran Marushich, 81).
Al Hilol — Bunu, Akchichek, Lajami (Tambakti, 78), Koulibaly, Hernandez (Al Harbi, 70), Neves, Milinkovich-Savich, Kanno (Al Dovsari, 70), Martinelli, Summerville, Uotkins.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

110 izoh +39 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar