O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Rossiya milliy jamoasi bilan javob uchrashuvini o‘tkazish rejalari borligini ma’lum qildi.
12-noyabr kuni ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
— Rossiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi javob o‘rtoqlik uchrashuvini bu safar Rossiya hududida o‘tkazish rejalashtirilganmi?
— Ha, albatta. Biz Rossiya bilan barcha darajalarda o‘ynashni rejalashtirmoqdamiz. Adashmasam, hozir 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar yoshlar jamoalari o‘rtasida ham uchrashuv tashkil etish niyatimiz bor.
Erkaklar milliy jamoalariga kelsak, albatta, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini davom ettirishni rejalashtiryapmiz.
Asosiy jihat shundaki, Osiyo kubogining bekor qilinishi rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritdi. Shu sababli hozir taqvimni qayta ko‘rib chiqishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Barcha rejalarimiz va uchrashuvlar taqvimini qayta ko‘rib chiqamiz.
Ammo, shubhasiz, Rossiya bilan o‘yinlarni davom ettirish niyatidamiz. Asosiy milliy jamoalarimiz o‘rtasidagi javob bahsi Rossiya hududida o‘tkazilishi mumkin, — dedi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining milliy jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev Sport24 bilan intervyuda.
O‘zbekiston Rossiya milliy amoasi bilan safarda ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin
Futbol
23 noyabr, 08:03
O‘FA milliy jamoalar bo‘limi rahbari Usmon Toshev rossiyaliklarga qarshi bahs rejada borligini ma’lum qildi.
Foto: UFA