Live
1
O'zbek

Tennis. Alkaras Zverevni mag‘lub etib, yilning so‘nggi yirik turniri g‘olibiga aylandi

Tennis
23 noyabr, 04:20
Ispaniyalik tennischi g‘alaba orqali 5,17 mln dollar ishlab oldi.
Tennis. Alkaras Zverevni mag‘lub etib, yilning so‘nggi yirik turniri g‘olibiga aylandi
Foto: Getty Images

Karlos Alkaras Turindagi yakuniy ATP turniri finalida Aleksandr Zverevni mag‘lub etdi.

Shu tariqa ispaniyalik tennischi ilk bor mavsumning so‘nggi turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Alkaras musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi va 5,17 million dollar mukofot puli ishlab oldi. Bu ATP Finals tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

Shu tariqa, Karlosning 2026 yildagi rasmiy turnirlarda ishlab topgan mukofot puli 12,5 million dollarga, faoliyati davomidagi umumiy daromadi esa 74,3 million dollarga yetdi.

Turin, Italiya
15 – 22 noyabr, 2026
ATP yakuniy turniri
Mukofot jamg‘armasi – 15 750 000 dollar
Yopiq kortlar, hard
Final
Karlos Alkaras (Ispaniya, 3) — Aleksandr Zverev (Germaniya, 1) 6:2, 7:6

Karlos Alkaras
Foto: Getty Images
Bugungi yangiliklar