Live
1
O'zbek

«Real» Valverde bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
23 noyabr, 02:15
Yangi bitim 2031-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.
«Real» Valverde bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi (Romano)
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi va urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde yangi shartnoma shartlari bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

«Valverde «Real» bilan 2031-yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolaydi. Hammasi tayyor», — deb yozdi jurnalist.

Ma’lumot o‘rnida, urugvaylik futbolchi 2018-yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Yangi kelishuv orqali tomonlar hamkorlik muddatini yana ikki yilga uzaytirishadi.

Bungacha matbuotda «Real» rahbariyati Valverdening yangi shartnomasiga katta miqdordagi tovon pulini kiritmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu summa 1 milliard yevroni tashkil etadi. Shu tariqa, Madrid grandi urugvaylik yarim himoyachini uzoq muddat jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Liverpul» Valverde uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar