«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida «Selta»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, tanaffusda bosh murabbiy Joze Mourinio bilan bo‘lib o‘tgan suhbat kambek uchun muhim ahamiyat kasb etgan.
«Tanaffusda Mourinio bilan bo‘lgan suhbat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda o‘zimizga o‘xshamadik, yetarlicha yugurmadik va futbolning oddiy qoidalariga amal qilmadik. Erta gol o‘tkazib yubordik, vaziyatlar yaratishimiz qiyin kechdi. Jamoa yaxshi holatda emasdi.
Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, ko‘proq yugurdik va barcha jihatlarni sifatliroq bajardik. Birinchi golni urganimizdan keyin hisobni o‘zgartirishimizga shubha qilmadim. Ayniqsa, Karlos (Espi) maydonga tushganini ko‘rganimda. U hujumda bizning tumorimiz. Vinisius unga ajoyib uzatma berdi», — dedi Kurtua. Uning so‘zlarini Mundo Deportivo «Real» televideniyesiga tayanib keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Real» — «Selta» bahsi 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar 6-daqiqada Duran tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochdi. Bellinghem 66-daqiqada muvozanatni tikladi, Espi esa 85-daqiqada madridliklarga g‘alaba keltirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi