Live
12
O'zbek

Mourinio «Real» muxlislari haqida: «Men hech kimni tanqid qilganim yo‘q»

Futbol
22 noyabr, 06:30
Mutaxassis futbolchilar muxlislarning noroziligiga ham munosib munosabat bildirishni bilishi kerakligini ta’kidladi.
Mourinio «Real» muxlislari haqida: «Men hech kimni tanqid qilganim yo‘q»
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Selta Vigo Selta Vigo

«Real» bosh murabbiyi Jozе Mourinio «Santyago Bernabeu» stadionida muxlislarning jamoani qo‘llab-quvvatlashi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis futbolchilar muxlislar noroziligini ham qabul qila olishi muhimligini qayd etdi.

«Men hech kimni tanqid qilganim yo‘q. Menimcha, buni tushundingiz. Hech qachon bunday qilmagan bo‘lardim. Muxlislar — bu klubning o‘zi. Eng muhimi ham ular. Ammo bunday sharoitda o‘ynash qiyinroq. Seni qo‘llab-quvvatlashayotganida maydonga tushish, stadion senga qarshi bo‘lganidan ko‘ra ancha oson.

Safarda muxlislar senga qarshi bo‘lsa, bu ajoyib — hatto qo‘shimcha motivatsiya ham beradi. Ammo o‘z maydoningda vaziyat ancha murakkab. Bunday holatlarga bardosh berishni bilish kerak. Albatta, bu yordam bermaydi, biroq nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘yinni davom ettira olish muhim.

«Real» futbolchisining fazilatlaridan biri ham shunda — bunday bosimga dosh berish, qo‘rqmasdan o‘yinni davom ettirish va tavakkal qilish», — deya Mourinioning so‘zlarini klub rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» shanba kuni La Liga 13-turi doirasida o‘z maydonida «Selta»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar