Live
2
O'zbek

Espi — zaxiradan maydonga tushib urilgan gollar bo‘yicha top-5 ligada yetakchi

Futbol
22 noyabr, 01:00
Hujumchi «Selta»ga qarshi bahsda jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Espi — zaxiradan maydonga tushib urilgan gollar bo‘yicha top-5 ligada yetakchi
Foto: Real Madrid
21.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Selta Vigo Selta Vigo

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karlos Espi zaxiradan maydonga tushganidan keyin gol urish borasida Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing 13-turida «Selta»ga qarshi uchrashuvning 79-daqiqasida, hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda maydonga tushdi.

85-daqiqada Espi Vinisius Juniorning uzatmasidan keyin bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytargan bo‘lsa-da, hujumchi uni takroriy zarba bilan darvozaga yo‘lladi va jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

Bu Espining «Real»ga o‘tganidan keyin urgan to‘rtinchi goli bo‘ldi. E’tiborlisi, futbolchi barcha gollarini zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng urgan.

Bunga qadar ispaniyalik hujumchi «Roma», «Elche» va «Espanyol» darvozalarini ishg‘ol qilgan edi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, zaxiradan o‘yinga qo‘shilib 4 ta gol urish Yevropaning top-5 chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qizig‘i, Espi ushbu 4 ta golni darvoza tomon yo‘llagan aniq 6 ta zarbasi orqali urgan. Bu esa futbolchining zaxiradan maydonga tushganidan keyingi yuqori samaradorligini ko‘rsatadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar