Live
7
O'zbek

Holand Bellinghem bilan do‘stligi haqida: «U bilan tezda til topishib ketgandik»

Futbol
21 noyabr, 01:30
    4
«Man Siti» hujumchisi Jud bilan birga o‘ynagan davrlarini esladi.
Holand Bellinghem bilan do‘stligi haqida: «U bilan tezda til topishib ketgandik»
Foto: ESPN

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem bilan do‘stona munosabatlari haqida gapirdi.

Norvegiyalik futbolchi angliyalik hamkasbi bilan Dortmundning «Borussiya» klubida birga o‘ynagan davrlarini esladi. Uning ta’kidlashicha, ikki futbolchi Germaniyaga yosh iqtidorlar sifatida kelgan va qisqa vaqt ichida yaqin do‘stlarga aylangan.

«Biz Dortmundning «Borussiya» klubiga yosh iqtidorlar sifatida bir vaqtda kelgandik va tezda til topishib ketgandik.

Ko‘p hazillashardik, doim bir-birimizga hazillashib tegajog‘lik qilardik. Maydonda ham, uning tashqarisida ham vaqtimizni juda maroqli o‘tkazardik. U bilan har safar uchrashish men uchun yoqimli», — deya Holandning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra nashri.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2020-yildan 2022-yilga qadar Dortmundning «Borussiya» klubi sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng norvegiyalik hujumchi Angliyaning «Manchester Siti» jamoasiga ko‘chib o‘tgan.

Bellinghem esa 2020–2023-yillar davomida Germaniya klubida to‘p tepgan. Angliyalik yarimhimoyachi keyinchalik Madridning «Real» klubiga o‘tgan.

Avvalroq «Real» Holandni kelasi yozda sotib olishiga ishonayotgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar