Live
8
O'zbek

Mareska: «Hozir biz uchun oson davr emas»

Futbol
21 noyabr, 11:00
Mutaxassis Holandning birinchi bo‘limda bekor qilingan goliga nisbatan hakam qarorini tushunmaganini bildirdi.
Mareska: «Hozir biz uchun oson davr emas»
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 1 Fulhem Fulhem

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Premyer-ligasining 11-turida «Fulhem»ga qarshi kechgan bahsda hakamlik qaroridan norozi bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob 0:1 bo‘lib turganida Erling Holandning goli darvozabonga nisbatan qoida buzilgani sababli inobatga olinmagan edi.

«Menimcha, hammasi mutlaqo aniq edi. Ammo hakamlar boshqacha qaror qabul qilishdi», — dedi Mareska bahsdan keyin BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Ikkinchi bo‘limda «Manchester Siti» hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq g‘alaba golini ura olmadi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mareska jamoaning so‘nggi natijalari, o‘yin davomida ortda qolib ketish odati va futbolchilarning shoshqaloqligi haqida ham gapirdi.

«Natijalar nuqtayi nazaridan hozir biz uchun oson davr emas. Bunday vaziyatlar bizga yoqmaydi, ammo yangi jamoa qurayotganingda bu tabiiy hol.

Biz tez-tez hisobda ortda qolmoqdamizmi? Demak, nimanidir noto‘g‘ri bajaryapmiz. Hisobni tenglashtirishga majbur bo‘lganimizda shoshila boshlaymiz, bu esa faqat zarar keltiradi. O‘z darvozamiz daxlsizligini saqlashni o‘rganishimiz kerak. APLda barcha bahslar shunday ruhda kechadi — raqiblar doim xavfli vaziyatlar yaratadi.

Anderson ajoyib gol urdi. U juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi», — dedi murabbiy BBC Sport nashriga.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 11-turdan keyin 22 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 5 ochko ortda qolgan, londonliklar esa 1 ta zaxira o‘yiniga ega.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» keyingi turda 29-noyabr kuni safarda «Arsenal» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Fulhem Fulhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar