Live
8
O'zbek

«Bavariya» Keyn o‘rniga 3 nafar hujumchini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
21 noyabr, 10:30
Myunxen klubi Trezoldi, Kroupi va Brunner nomzodlarini o‘rganmoqda.
«Bavariya» Keyn o‘rniga 3 nafar hujumchini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images
20.11.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 1 : 1 Kyoln Kyoln

«Bavariya» jarohati sabab taxminan 3 oyga safdan chiqishi mumkin bo‘lgan Harri Keynning o‘rnini bosadigan hujumchi izlamoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi «Bryugge» hujumchisi Nikolo Trezoldiga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Biroq Belgiya klubi futbolchining qishki transfer oynasidagi transferi uchun 60 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilishi mumkin.

Shuningdek, «Bavariya» «Bornmut» hujumchisi Eli Kroupining o‘yinlarini kuzatmoqda. Angliya klubi fransiyalik futbolchini 70–80 million yevrodan kamiga sotishga rozi bo‘lmasligi aytilmoqda.

«Monako» vakili Paris Brunner esa nisbatan hamyonbop variant sifatida ko‘rilmoqda. 20 yoshli hujumchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda. «Bavariya» uni kelajak uchun investitsiya sifatida ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Harri Keyn Bundesliganing 10-turida «Kyoln»ga qarshi bahsda (1:1) chap to‘pig‘idagi sindezmoz boylamini uzib olgan. Futbolchi jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar