«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing 10-turi doirasida «Kyoln»ga qarshi bahsda (1:1) olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
33 yoshli angliyalik futbolchida chap to‘piq sindezmoz boylamining uzilishi aniqlangan. Operatsiya 20-noyabrdan 21-noyabrga o‘tar kechasi amalga oshirilgan.
«Harri Keyn muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Endi 33 yoshli futbolchi reabilitatsiya dasturiga kirishadi. Unga tezroq va to‘liq sog‘ayib ketishini tilaymiz!» — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Keyn «Kyoln»ga qarshi bahsda jarohat olgan. Mazkur bellashuv 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan.
Ma’lumot uchun, hujumchi ushbu mavsum «Bavariya» safida samarali o‘yin namoyish etib kelayotgandi. Klub hozircha uning maydonga qaytish muddatini ma’lum qilmagan.