Live
7
O'zbek

Keyn va Olisening jarohatidan keyin «Bavariya» zich taqvimdan norozi

Futbol
21 noyabr, 04:20
    10
Myunxen klubi asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisi xizmatidan foydalana olmayapti.
Keyn va Olisening jarohatidan keyin «Bavariya» zich taqvimdan norozi
Foto: Getty Images
20.11.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 1 : 1 Kyoln Kyoln

Myunxenning «Bavariya» klubi taqvimning haddan tashqari zichligidan norozi bo‘lgan jamoalar qatoriga qo‘shildi. The Touchline nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, jamoa tig‘iz jadval sabab muhim futbolchilarini yo‘qotmoqda.

Bundesliga 10-turidan o‘rin olgan «Bavariya» — «Kyoln» (1:1) bahsida hujumchi Harri Keyn va hujumkor yarimhimoyachi Maykl Olise jarohat oldi. Bellashuv 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Myunxen klubi rahbariyatining fikricha, asosiy muammo — klublar miqyosidagi bahslar, milliy jamoalar o‘yinlari va safarlar orasida tiklanish uchun yetarli vaqt yo‘qligida.

Ayni paytda «Bavariya» asosiy tarkibning 7 nafar futbolchisi xizmatidan foydalana olmayapti. Ular: Harri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Serj Gnabri, Alfonso Devis, Ismoil Saybari va Manuel Noyer.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar