«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn olgan jarohati yuzasidan fikr bildirdi. U yuzaga kelgan vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lganini, biroq buni o‘zini yanada chiniqtirish va rivojlantirish imkoniyati deb bilishini ta’kidladi.
«Hayotning yaxshi va yomon kunlari bo‘ladi! Albatta, bunday jarohat olganimdan juda hafsalam pir bo‘ldi. Ammo har doimgidek, buni 2027-yilga kirib borar ekanmiz, matonat va o‘sishni namoyish etish imkoniyati sifatida qabul qilaman.
Men mavsumning hal qiluvchi bosqichiga tetik va tayyor holatda qaytaman!», — deb yozdi Keyn. Uning so‘zlarini Fabritsio Romano keltirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hujumchining jiddiy jarohat olgani va 2026-yilning qlgan qismida maydonga tusha olmasligi ma'lum qilingan edi.