«Bavariya» Bundesliganing 11-turi doirasida «Kyoln»ga qarshi bahsda (1:1) jarohat olgan Maykl Olisening holati haqida ma’lumot berdi.
Tibbiy tekshiruvlar 24 yoshli fransiyalik futbolchining oyog‘i old qismida lat yeyish holatini aniqladi. Olise yaqin kunlarda davolanish kursini o‘taydi. Klub uning maydonga qaytish muddatini hozircha ma’lum qilmadi.
Vinger birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Tom Kraus bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng jarohat olgan. Tanaffusda uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirildi. Bahs yakunlanganidan keyin esa fransiyalik futbolchi stadionni qo‘ltiqtayoqda tark etgan.
Sport1 ma’lumotiga ko‘ra, «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Olise dushanba kunigacha tiklanishiga umid bildirdi.