«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining 11-turida o‘z maydonida «Fulhem» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. WhoScored portali mazkur bahsda maydonga tushgan futbolchilarning harakatlariga baho berdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 6,5 ball bilan taqdirlandi. Bu «Manchester Siti» tarkibidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
«Shaharliklar» safida eng yuqori bahoni Anderson oldi — 7,9 ball. Gexi 6,8 ball bilan ikkinchi bo‘ldi. Fil Foden, Ndiaye va O’Rayli 6,7 balldan qayd etdi.
Husanovdan tashqari «Manchester Siti»ning yana bir qator futbolchilari quyidagicha baholandi:
- Janluiji Donnarumma — 6,6;
- Jeremi Doku — 6,6;
- Rayan Sherki — 6,4;
- Ruben Diash — 6,4;
- Erling Holand — 6,4;
- Yoshko Gvardiol — 6,2.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 11 turdan keyin 22 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» keyingi bahsini 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi