Live
8
O'zbek

«Manchester Siti» futbolchisi: «Bu juda alamli»

Futbol
21 noyabr, 10:40
Elliot Anderson «Fulhem»ga qarshi bahsda jamoasiga g‘alaba uchun ikkinchi gol yetishmaganini aytdi.
«Manchester Siti» futbolchisi: «Bu juda alamli»
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 1 : 1 Fulhem Fulhem

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Elliot Anderson Angliya chempionatining 11-turi doirasida «Fulhem»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Futbolchi natijadan hafsalasi pir bo‘lganini yashirmadi.

«Bu juda alamli. Avvaliga gol o‘tkazib yuborish, albatta, yoqimsiz. Biroq bunday holat biz bilan muntazam sodir bo‘lmoqda. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, shiddatni oshirdik va raqibni yuqoriroqdan pressing ostida qoldirdik. Shunchaki, ikkinchi golni ura olmadik», — dedi Anderson bahs yakunida.

«Manchester Siti» 11 ta turdan keyin 22 ochko bilan APL turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» keyingi turda 29-noyabr kuni safarda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Fulhem Fulhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar