«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida o‘z maydonida «Fulhem» bilan durang o‘ynadi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Qayd etish joiz, «Manchester Siti» bundan oldin «Fulhem»ga qarshi so‘nggi bor 2011-yil 18-sentabr kuni g‘alaba qozona olmagan edi. Shundan keyin «shaharliklar» barcha musobaqalar doirasida londonliklarga qarshi ketma-ket 20 ta bahsda g‘alaba qozongan. Ushbu seriya endilikda yakuniga yetdi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» APLning keyingi turida 29-noyabr, yakshanba kuni safarda «Arsenal» bilan bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.